DINAMIK GEOLOGIYA

DINAMIK GEOLOGIYA — geologiya fanining bir sohasi. Yer ustki qismi va qa’rida bo’ladigan geologik jarayonlarning kelib chiqishini o’rganadi. Endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlarga bo’linadi. Endogen jarayonlarning asosiy energiya manbai erning ichki issikligi va gravitatsiya, ekzogen jarayonlariniki — gravitatsiya va Quyoshning nurli energiyasidan tashkil topgan. Dinamik geologiya Yer kurrasidagi barcha geologik jarayonlar va xrdisalarning bir-biri bilan uzviy bog’liqligini, ularning uzluksiz o’zgarib turishi va rivojlanishini o’rganadi. Endogen va ekzogen jarayonlar qonuniyatlarini va ularning oqibatlarini o’rganish, turli foydali qazilma boyliklarni qidirish, tuproq eroziyasi, ko’chki, surilmalar va qulashlarni o’rganishda ahamiyatli.