DIOPTAZ

DIOPTAZ (Yunoncha dioptas — orasidan ko’rmoq), mis zumradi, axirit, Ashirit — mineral, misning suvli silikati. Kimyoviy formulasi Cu6(Si6O|8). 6N2O. Birinchi bo’lib buxorolik savdogar Muhammad Ashir 1785 yilda Markaziy Qozog’istondagi Oltintepa degan joydan topgan, dastlab uning nomi bilan Ashirit deb atalgan. Kristallarining ichidagi ulanish chiziqlari butunlay ko’rinib turganligi uchun frantsuz mineralogi gayu (1797) ashiritni Dioptaz deb atagan. Trigonal singoniyali. Qisqa ustuncha, romboedr ko’rinishida. Rangi zumradsimon yashil, yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5. Zichligi 3300 kg/m3. Mis konlarining nurash zonasida malaxit, broshantit, xrizokolla va misning ikkilamchi minerallari, shuningdek, kaltsit, kvars, limonit bilan birga uchraydi. Chili (Kopiano yaqinida), AQSh (Arizona shtati), Kongo demokratik Respublikasi (Shaba), Namibiyada ham topilgan.