DIORIT
DIORIT (Yunoncha diorizo — ajrataman, farq qilaman) — o’rta asosli (SiO2 55-65%) magmatik tog’jinsi. Aktsessor minerallardan apatit, tsirkon, ortit, turmalin, sfen qatnashadi. Kvarsli, kvarseiz, rogovaya obmankali, avgit va biotitli turlari mavjud. Rangi kulrangdan yashilsimon — kulranggacha. Diorit kam tarqalgan va odatda granit, granodiorit, ba’zan boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bulardan tashqari Diorit shtok, yertomir, lakkolit va boshqa intruziv massivlar shaklida ham uchraydi. Dioritdan turli xil yo’l toshlari tayyorlanadi. Yaxshi jilolanadigan, rango-rang turlari imoratlarning poydevorlarini bezashda, turli vazalar tayyorlashda, arxitektura va haykaltaroshlikda qo’llaniladi. Qadimgi Misr va Mesopotamiyada Dioritdan turli haykallar ishlangan. Toshkent metrosining ko’p joylarida Diorit ishlatilgan. O’zbekistonda Qurama, Chatqol, Nurota, Molguzar va boshqa tog’larda tarqalgan. Diorit bilan temir, mis, oltin konlari genetik bog’liq (Ural, Sibir, Qozog’iston).