DIRXAM

DIRXAM (Yunoncha drochme) — 1) 7-asr oxiri (695 yil) dan 14-asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, shimoliy Afrika va Ispaniyada muomalada bo’lgan pul birligi — kumush tanga. 14-asr oxiridan boshlab kumush pul «tanga» nomi bilan atala boshladi. Dirxam Hindistonda Boburiylar davrida 16-asrda ham zarb qilingan; 2) Birlashgan Arab Amirliklari pul birligi. 1 Dirxam = 100 file. Xalqaro ifodasi AED. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari=3,67 Dirxam; 3) Marokko milliy pul birligi. 1959 yil oktabrdan muomalaga kiritilgan. 1 Dirxam = 100 sentim. Xalqaro ifodasi MAD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari=9,6 Dirxam (2001, avgusr); 4) Misr va Sudanda qimmatbaho metallar o’lchov birligi (vazni 3,12 gramm).