Donolar yolg’on so’z haqida
Yolg’onchilik kishini adolatdan yuz o’girtiradi, zulm yolg’on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan bosib olish, o’g’rilik, dunyoni va xalqlarning buzilishiga sabab bo’ladigan boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko’rsatadi. Abu Rayhon Beruniy
Shunday kishilar ham bo’ladiki, ularning tabiatiga yolg’on xabar tarqatish o’rnashib qolib, go’yo unga shu vazifa yuklagandek bo’ladi va yolg’on xabar tarqatmasdan turolmaydi.
Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganidan kelib chiqadi. Abu Rayhon Beruniy
Yolg’onchilikka shu qadar o’rganganlar borki, agar ulardan nogahon: — Umringda biror marta rost so’zlaganmisan? – deb so’rasangiz: — Rost gapirib qo’yishdan qo’rqmasam, yo’q der edim, — degan javob eshitasiz.
Bunday kishilar adolatdan chetga chiqib, o’zlarini xavfga tashlagan bo’ladilar. Abu Rayhon Beruniy
Rostgo’ylik shirinligini totmagan yoki shirinligini bilsa ham totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Abu Rayhon Beruniy
Yolg’onchilikdan chetlanib, rostgo’ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg’onchining o’zi ham sevib maqtaydi. Axir “o’z zararingizga bo’lsa ham rost gapiring” – deyilganku. Abu Rayhon Beruniy
Yolg’on doim rostdan yengiladi. U xuddi suv yuzasidagi ko’pikdek yo’q bo’lib ketadi. Abu Rayhon Beruniy
Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir. Abu Rayhon Beruniy Faqat yolg’ondan qochgan va haqiqat izlagan kishigina e’tirof va maqtovga loyiqdir. Abu Rayhon Beruniy
Ko’ngil, tilni rost tut va xulqni go’zal, Senga dunyo – davlat kelar har mahal. Yusuf Xos Hojib So’zi chin bo’lishi kerak har kishi, Berib va’da, tonmoq – emas er ishi. Kishi mardi tonmas degan so’zidan, So’zidan tonuvchi – zaiflar ishi. Yusuf Xos Hojib To’g’ri so’z asaldek shirinu yolg’on so’z piyoz achchig’i, Achchiq piyoz yeb achitma shirin og’izni. Ahmad Yugnakiy O’ylab so’zla so’zni yolg’on so’zlama, So’zing tuzatgil, tag’in boshing ketkazma. Ahmad Yugnakiy Ulkim erur lof bu da’vosi bila, Rost kerak da’vosi ma’nosi bila. Haydar Xorazmiy Xursand bo’lmas xotir yolg’ondan hech bir, Garchi rostga chiqarilsa u ta’bir. So’zga bezak to’g’rilikdan boshqamas, Oy jamoli nur sochganday har nafas. Abdurahmon Jomiy
Kimki o’zi ayladi yolg’on so’zin, Kizb der el, chin desa, qolg’on so’zin. Alisher Navoiy Kimsaga yolg’onchi debon qolsa ot, Bu ot ela, gar desalar yozu yot. Sidq xitobi yana yonmas anga, Chin desa ham xalq ishonmas anga. Alisher Navoiy Necha bo’lsa yolg’onchi el arjumand, So’zi majlis ichradir nopisand. Alisher Navoiy So’z aro yolg’on kibi yo’q nopisand, Aylar ani nazmda dono pisand. Alisher Navoiy Har kishi kim rostni bexost der, Aytsa yolg’on dog’i el rost der. Alisher Navoiy Necha zarurat aro qolgan chog’i, Chin demas ersang, dema yolg’on dog’i. Alisher Navoiy Ulki shoir ayladi yolg’on demak, Bo’lmas ani mardu inson demak; Elcha necha maxsi esa bu sifat, Zohir etar yolg’on o’zin oqibat. Alisher Navoiy Majhur ko’ngulni shod qilmay, Yaxshi so’z birla yod qilmay, Yolg’on so’z ila itob etarsen, Yuz qahr bila xitob etarsen. Gar yolg’oni bo’lsa zohir, ey do’st, Sharmanda bo’lursan oxir, ey do’st. Bobir Ulki demas haq so’zini yashirur, Makru hiyla birla qoshinga yurur… Qilma anga marhamatu iltifot, Kim yo’q aning hech ishida sabot. Poshoxoja Gapni yolg’on aytib yurgan murodin topmaydi, Tobei shayton erur, ul bandai gumroh erur. Sayyodiy Hamma ishga yolg’on so’zi dastgir, So’zin sarf etib, qorin aylar ser. Gulxaniy Rost aytg’il, egri hargiz so’zlama, Ey Huvaydo, kelsa boshingga qilich. Huvaydo Har majlis aro o’zni suxanvar qilma, Yolg’on so’zingni chinga barobar qilma. Mujrim Obid. Xalq aro gar ogoh esa Ogahiy, Beg’araz so’zni desang Ogahiy. Chunki erur boshdin-oyoq chin so’zing, Lekin kerakdur amal etsang o’zing. Gar amaling bo’lmasa ne foyda, Barcha so’zing bo’lg’usi befoyda. Ogahiy Gar qilichg kelsa boshimga degayman rostin, So’zki haq bo’lsa, savolimga javobim kim desun. Muqimiy Haqiqat so’zlarini so’zlag’anda, Ani yodlab, qulog’ingga ilib yur. Anbar Otin Tang’a oziqdur hamisha to’g’ri lafz, Millatu tilga xiyonat o’g’ri lafz. Anbar Otin Agar qilsa kishi yolg’onga odat, Razolatda yashab chekkay nadomat. Xaloyiq ichra bo’lmas e’tibori, Tegar boshiga ko’p toshi malomat. Kimning bo’lsa agar yolg’onchi ismi, Bu ismi o’zga bo’lmas to qiyomat. Ishonmas el yolg’onchining so’ziga, Agar bo’lsa so’zi kashfu karomat. Abdulla Avloniy