EVKOMMIYA

EVKOMMIYA (Eisotppa) — evkommiyadoshlar oilasiga mansub barg to’kadigan ikki uyli daraxtlar turkumi. Xitoy (1000 yildan beri), Vetnam, G’arbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar, shimoliy Afrika, AQShda, O’rta Osiyo va Zakavkazeda (kichik maydonlarda) o’stiriladi. Evkommiyaning qayrag’ochsimon turi (Evkommiya shlyuuez) Xitoyda o’sadi. Bo’yi 15-20 metr, barglari oddiy, tuxumsimon yoki ellipssimon, ketmaket joylashgan, yonbargchasiz. Gullari mayda, ikki jinsli. Mevasi cho’ziq qanotchali yong’oqcha, sovuqqa chidamli. Evkommiyaning yog’och va urug’idan tashqari hamma qismida guttaperchash sut naychalari bo’ladi. Bargida 2-4%, tana va shoxlari po’stlog’ida 5-6%, ildiz po’stlog’ida 9-12% guttapercha bor. Evkommiya guttaperchasi juda sifatli. Uning 74% ini Gutta, 20% ini smola tashkil qiladi. Evkommiya po’stlog’ining qaynatmasi, damlamasi va ekstrakti gipertoniya kasalligini davolashda qo’llaniladi. Urug’idan, ildiz bachkisi va parxish qilib, shuningdek yashil qalamchalaridan ko’paytiriladi.