EDRIAN EDGAR DUGLAS
EDRIAN EDGAR DUGLAS (1889.30.11, London 1977.4.8) ingliz fiziologi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1923 yildan; prezidenti 1950-55). Kembrij universitetini, Triniti kollejini tugatgan (1915) va shu kollejda fiziologiyadan lektsiya o’qigan (1937 yildan professor; 1951 yildan rektor). Ilmiy faoliyati sezgi a’zolari va nerv o’tkazuvchanligi elektrofiziologiyasiga oid. Edrian birinchilardan bo’lib elektronikani fiziologik tadqiqotlarda qo’llagan. Nobel mukofoti laureati (1932; Ch. Sherrington bilan hamkorlikda).