EYNSHTEYN DEXAAZ EFFEKTI
EYNSHTEYN DEXAAZ EFFEKTI — jism (ferromagnetik) biror o’qi bo’ylab magnitlanganda uning magnitlanishiga (o’qqa) nisbatan magnitlanganlik darajasiga mutanosib (proportsional) ravishda aylanma harakatlanishi. Effektni A. Eynshteyn va niderlandl fizigi V. Dexaaz 1915 yilda kashf qilishgan va nazariy jihatdan isbotlashgan.