EKZOGAMIYA

EKZOGAMIYA (ekzo… va Yunoncha — nikoh) — ibtidoiy jamiyatda bir urug’ yoki jamoa a’zolari orasida jinsiy munosabatlarning taqiqdanganligi. Ekzogamiyaning dastlabki va ko’p tarqalgan shakli ibtidoiy jamoa davridagi ota urug’i yoki ona urug’i orasida o’zaro qarindoshlik munosabatlaridagi urug’chilik Ekzogamiyadir. Ekzogamiya paydo bo’lishi haqidagi qarashlarni, asosan, 3 guruhga ajratish mumkin. Ba’zi bir tadqiqotchilar (L.G.Morgan va boshqalar) Ekzogamiyaning kelib chiqishini qonqarindoshlar o’rtasidagi nikoh natijasida yuzaga keladigan zararli oqibatlardan qutulish zarurati bilan, boshqalari esa (E. Taylor, A. M. Zolotarev, K. Levistros) kishilarning ijtimoiy aloqalarni kengaytirish va jamoalararo munosabatlar o’rnatishga intilish bilan izohlaydilar. 3guruh tadqiqotchilar (S.P. Tolstov, Yu. I. Semyonov) esa Ekzogamiyani avvalo jamoada ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish vositasi bo’lgan, chunki shu tariqa jinsiy munosabatlar va ular bilan bog’liq bo’lgan nizolar jamoa doirasidan tashqariga chiqarib qo’yilgan, deb hisoblaydilar.