ESHAKQURTLAR

ESHAKQURTLAR — engoyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub umurtqasiz hayvonlar; kenja turkum. 1000 ga yaqin turi ma’lum. Hamma yerda tarqalgan, nam va iliq hamda quruq erlarda yashaydi. Eshakqurtlar, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlarda ko’p. Rossiya, O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ham uchraydi. Tanasi 1-50 millimetr, boshida uzun antennalari va kalta antennullalari bor. Ko’krak oyoqlari 7 juft va bir shoxli bo’lib, ular yordamida harakatlanadi. Qorin oyoqlari 5 juft, bir shoxli. Yuragi qorin qismida, ayrim jinsli, urug’lanishi ichki (ba’zi turlarida germafroditizm kuzatiladi). Ko’p turlari er ustidakemiruvchilar uyasi, chumoli va termitlar inida, g’orlarda, ba’zilari esa, suvda yashaydi. Organik chirindilar bilan oziklanadi. Ba’zi madaniy o’simliklarga zarar, tuproq hosil bo’lishida ishtirok etib, foyda keltiradi. Kurash choralari: insektisidlar sepib yo’qotiladi.