EFFUZIYA

EFFUZIYA (lotincha epxsho — quyilish, yoyilish) — LAVA (magma)ning yer yuziga quyilib chiqish jarayoni. Uning sovishi mobaynida LAVA oqimlari va LAVA qoplamlari ko’rinishida yotgan effuziv tog’ jinslari hosil bo’ladi. Effuziya vulkan harakati ko’rinishi shakllaridan biri hisoblanadi. Nordon va qayishqoq LAVA ba’zan yoyilib ketmasdan otilib chiqib, vulkanli gumbaz hosil qiladi.

EFFUZIYA (gidrodinamikada) — gazning kichik (millimetr ulushlaridagi) teshiklardan sekinlik bilan oqib chiqishi. Ikki holat farqlanadi: 1 holat — teshikning diametri gaz molekulalarining erkin harakatlanish (yugurish) uzunligiga nisbatan juda kichik. Bu holda idishdagi gaz bosimi juda kichik bo’ladi. 2-holat — teshikning diametri gaz molekulalarining o’rtacha erkin harakatlanish uzunligidan katta. Bu holda idishdagi gaz bosimi ancha katta bo’ladi. 1holda molekulyar oqib chiqish hodisasi yuz beradi va molekulalar o’rtasidagi to’qnashuvlar hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. 2-holda gaz molekulalari teshikdan oqim tarzida chiqadi va vaqt birligi mobaynida chiqadigan gaz hajmi gaz zichligining kvadrat ildiziga teskari mutanosib bo’ladi. Gazlarning zichligini ularning juda kichik teshikdan muayyan vaqg birligida oqib chiqishi bo’yicha aniqlash usuli shu qonuniyatga asoslangan. Agar idish ichidagi bosim tashqi bosimdan ancha katta bo’lsa, oqib chiqayotgan gaz miqdori idishdagi bosimga to’tri mutanosib bo’ladi. Effuziya hodisasi gidrodinamikada, gidrotexnikada, gaz quvurlarini o’tkazishda, ilmiy tekshirish ishlarida juda muhim.