EKLOGIT
EKLOGIT (Yunoncha — tanlash) — chuqurlikdagi metamorfik tog’ jinsi; yaxlit, ba’zan varaqsimon ko’rinishda bo’ladi. Asosan, granat, piroksen (omfasit), kvari va rutildan tashkil topgan. Ikkinchi darajali aktsessor minerallardan kianit, korund, sanidin, koesit, enstatit, grafit, olmos va flogopit uchraydi. Allotriomorf donador, granoblastik struktura va yaxlit teksturaga ega. Kimyoviy tarkibiga qo’ra bazalt va gabbroga o’xshash. Geologik yotish sharoitiga nisbatan Ekliptika 3 tipga bo’linadi: metamorfik mintaqalardagi Ekliptika glaukofanli slaneslar va alpinotipli giperbazitlar bilan assotsiasiyada; granulitli, gneysli va amfibolitli metamorfik majmualarda; kimberlitlar va ishqorli bazaltoidlarda qo’shilmalar (ksenolitlar) hosil qiluvchi bo’ladi. Ekliptika bilan rutil konlari bog’liq, ancha chuqurlikdagi Ekliptikalar orasidagi kimberlitlarda esa olmos uchraydi.