EKSPORT KREDITI

EKSPORT KREDITI — eksportni rag’batlantirish vositasi sifatida o’z mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish maqsadlarida xaridorga yoki unga xizmat ko’rsatadigan bankka beriladigan kreditlar; firmaning Eksport krediti eksportyor nomidan taqdim etiladi, lekin bank tomonidan moliyalanmaydi. Bank Eksport krediti xorijiy xaridorlarga bevosita banklar tomonidan beriladi. Davlat Eksport kreditining xususiy banklar va xalqaro tashkilotlarning kreditlari bilan qo’shilgan holda beriladigan ko’rinishlari ham bor. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Ko’kdumaloq neftgazkondensat konini o’zlashtirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gazkimyo majmui kabi korxonalar qurilishiga AQSh, Frantsiya, Yaponiya va boshqalar davlatlarning eksport-import banklari katta miqdorda Eksport kreditilari ajratgan.