EFES

EFES — kichik Osiyoning g’arbiy sohili Kariya viloyatidagi qadimiy shahar. Efes xarobalari hozirgi Saljuq (Turkiya)dan 10 kilometr narida joylashgan. Osiyo savdo yo’llarining so’nggi nuqtasi va diniy markaz sifatidagi ahamiyati (Efes homiysi — Artemida ibodatxonasi dunyoning yetti mo’jizasidan biri) shaharning ravnaq topishiga imkon bergan. Gerostrat o’z nomini abadiylashtirish maqsadida ibodatxonaga o’t qo’ygan (miloddan avvalgi 356 yil). Keyinchalik ibodatxona qayta qurilgan, biroq milodiy 263 yil Efes gotlar tomonidan talon-taroj etilgan paytda butkul vayron qilingan. Efes milodiy 358 va 365 yillardagi zilzilalardan jabr ko’rgan. Shahar 7-asr gacha mavjud bo’lib, so’ng kimsasiz qolgan bu yerlar botqoqlikka aylangan. Efesdan yunon va Rim davriga oid shahar mavzelari, stadionlar, teatr, terma (hammom), shahar darvozalari, vodoprovod, kutubxona binosi, ibodatxonalar va boshqalar xarobalar ochilgan.