ELEKTR TARMOG’I
ELEKTR TARMOG’I — elektr energiyasini elektr manbaidan iste’molchilariga uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan qurilmalar majmui. Umumiy maqsadlarga mo’ljallangan Elektr tarmog’i elektr stansiyalar bilan iste’molchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bog’laydi, hududiy jihatdan tarqoq iste’molchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usudda ta’minlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bog’lanmaydigan Elektr tarmog’ilari ham bo’ladi. Qanday maqsadlarga mo’ljallanganligiga qarab, ular ta’minlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, ya’ni elektr energiyasini kichik elektr stansiyalardan shahar, sanoat, qishloq xo’jalik va boshqalar iste’molchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi bo’yicha ikki guruhga, ya’ni kuchlanishi 1 kv gacha va undan yuqori bo’lgan tarmoqlarga bo’linishi mumkin. Bundan tashqari, tok turiga qarab, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok Elektr tarmog’iga, foydalanilishiga ko’ra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi bo’yicha halqali va radial; ishlash rejimi bo’yicha ochiq va berk xillarga bo’linadi. Elektr tarmog’i tarkibiga eor tokni o’zgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr stansiyalari kiradi. O’zgaruvchan tok Elektr tarmog’ilari keng tarqalgan. O’zbekistonda bunday Elektr tarmog’ilari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 229, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750 kv li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. O’zgarmas tok Elektr tarmog’ilari, asosan, shaharlar, qisman temir yo’l elektr transporti va ba’zi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan ta’minlashda qo’llanadi. Kuchlanishi 220 V gacha bo’lgan. E. t. lar kichik quvvatli iste’molchilar (uyro’zg’or yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kv gacha bo’lgan Elekt tarmog’ilar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashda qo’llanadi. Kuchlanish 6 kv dan yuqori bo’lgan Elektr tarmog’ilardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.