Qadimiy Yunon libosi
Mil. avv. VII-I asrlarda Bolqon yarim orolida Qadim Yunonistonning o ‘ziga xos ajoyib madaniyati gullab-yashnadi. Yunonistonning qulay tabiiy iqlimi — iliq dengiz havosi, unumdor yerlar, boy qazilma boyliklar yerli xalqning asosiy ish faoliyatini belgilab berdi. Yunonistonning siyosiy jamiyat boshqaruvi qattiqqo’llikka asoslangan sharq mamlakatlaridan keskin farq qilardi. Uning asosi demokratiya hamda quldorlikka asoslangan jamiyat qurilishi edi.
Yunon san’ati realistik xarakterga ega bo’lib, inson shaxsi go’zalligi, uning cheksiz qobiliyatga ega ekanligiga ishonch, badiiy tilining oddiy va yorqinligi hayot haqiqatiga asoslanganligi – bularning ban Yunon san’atining asosiy tamoyillari bo’lib, qadim antik madaniyati, butun Yevropa madaniyati va uning kelajagi uchun katta ahamiyat kasb etdi.
Go‘zallik tushunchasi. Qadim yunon madaniyatida ruh va tana go‘zalligining uyg‘unligiga alohida e’tibor berildi. Vatanparvarlik, yuksak fuqarolik burchi, aqliy dunyoqarash va axloqiy poklik uning jisman go‘zalligi bilan uyg‘un bo’lishi lozim deb qaraldi.
Inson tanasi go‘zalligi, undagi a’zolarning mutanosibligi — bularning bari alohida ahamiyat kasb etardi. Yunon musavviri Polikletning “Dorifon” (“Nayza irg‘ituvchi») haykalida inson tana go‘zalligi aks ettirilgan. Ushbu haykaltaroshning «Qanon» nazariy traktatida inson go’zalligi, unga qo’yiladigan talablarga alohida o ‘rin berilgan. Traktatda o‘lchov birligi sifatida inson tanasi olingan bo‘lib, tana o’lchamlarida ham alohida mezonlar mavjud. Xususan, kalla inson tanasining yettidan bir qismiga teng bo’lishi kerak degan qarash tan olingan.
Yunon ayolining o‘mi jamiyatda nechog’liq cheklanganligiga qaramay, qadim Yunoniston san’atida ayol tasvirida ham sog‘lom, har tomonlama barkamol taraqqiy etgan, maqsadli shaxs qiyofasini aks ettirishga intilish kuchli. Xususan, Venera Milosskaya nomi bilan mashhur Afrodita haykali fikrimizni isbotlaydi. llohaning yuz tuzilishi, xususan, to‘g‘ri chiziqli burun va dahan, uncha keng bo’lmagan manglay, biroz to‘lqinsimon sochlar, yoysimon qoshlar bilan chegaralangan katta bo‘rtib turgan ko‘zlar — bularning bari hozirgacha ayollar go‘zalligining ramzi hisoblanadi.
Qadim haykallar rangi va adabiy asarlardagi tasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, yunonlar yorqin ranglarni — oltin sochlar, moviy ko‘zlar, oppoq terini yuqori qo‘yib, qadrlashgan. Biroq garmonik rivojlangan shaxslarga qo‘yiladigan talablar asosan yuqori tabaqa vakillarigagina xos bo’lib, quyi qatlam, xususan, hunarmandlar va qullarga bu aloqador emasdi.
Yunon liboslari jamiyat estetik qarashlarning in’ikosi bo‘lib, jamiyat idealini o‘zida aks ettirgan. Salobatli va oddiy, jisman mashq qilingan tana uchun harakat va erkinlik tug‘dirish – burmalangan qadim yunon libosi uchun asos rolini bajargan.
Turli o’lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato turfa xil buklamalar va taxlamlar ila burmalanib, tananing go‘zalligini namoyon ettirishga xizmat qilgan. Yunonlar o‘z liboslari uchun yumshoq, to‘kilib turadigan, yaxshi burmalanadigan matolarni tanlashgan. Matolar bu davrda qo‘lda to‘qilib, ulaming eni 2 metrgacha bo‘lgan. To‘quvchilik kasbi juda qadrlangan. Qadim yunon mifologiyasiga ko‘ra Olimp xudolarining bari mohir to’quvchi bo’lib, bir-birlari ila ushbu hunarda musobaqalashishgan.
Matolar asosan junli va zig’ir tolalaridan to’qilgan. Paxta tolasini birinchi bor Aleksandr Makedonskiyning yurishlari davrida Hindistonda ko’rgan yunonlar hayratlanib, unga «jun daraxti» deya nom berishgan. Yunonlarni libosning shakliy tuzilishi emas, balki ko‘proq uning badiiy plastik xususiyatlari qiziqtirgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarga kelib, avvalgi davrlarda keng tarqalgan turli rasmlangan matolar o’rnini sidirg‘a, ko‘k, qizil, binafsha, yashil, sariq, jigarrang va ayniqsa oq rangdagi matolar egalladi. Yunon liboslarida qora rang ishlatilmagan. Kul rang va jigarrang motam ranglari hisoblangan.
Sidirg’a matolar, turli shaklagi kashta, applikatsiya rasmlar ila hoshiyalangan. Bezaklar omamentlari geometrik yoki o’simliksimon xarakterga ega. Bular — meandr, to‘lqinsimon, palmetta. Liboslardagi vertikal buklamalar uiaming aniq va yorqinligini oshirib, go‘zalligini va plastik harakatlar erkinligini ta ’minlagan.
Erkaklar libosi. Erkaklar libosi ikki qismdan: ya’ni xiton va gimatiydan iborat bo’lgan. Xiton bizning tasavvurimizdagi ich kiyim bo’lib, u asosan zig‘ir yoki junli toladan to‘qilgan matodan tayyorlangan. Xitonning yelka qismi tikilishi, yoxud fibula deb ataluvchi to‘qalar ila mahkamlangan. Xitonning ikki yonboshi tikilgan, ba’zan bir yonboshi ochiq qoldirilgan. Xitonning uzunligi turlicha bo‘lsa-da, asosan tizzagacha bo‘lgan shakli keng tarqalgan. Eng keng tarqalgan ustki kiyim, ya’ni yopinchiqlar gimatiy deb atalgan. Gimatiylaming o‘lchami 1,7 x 4 metr bo‘lib, to’g’ri to‘rtburchak shaklidadir. Gimatiylar inson tanasiga turli usulda o‘ralib, burmalanib, tashlanib mustahkamlanadigan yopinchiqlardir. Matoning taxlanish, burmalanish, mustahkamlanish va o’ralish uslubiga ko‘ra gimatiylar turli xil ko’rinishda yaratilgan. Yelkaga tashlangan uchi sirg‘alib ketmasligi uchun unga bir bo’lak og’ir metal mahkamlanib, ilib qo‘yilgan. Spartada jun matosidan qilingan gimatiylar tanaga xitonsiz kiyilgan.
Ustki kiyim yana bir shakli xlamidalar bo’lib, yelkaga tashlab olingan xlamidalar ko’krak qismida yoki yelkada fibula, ya’ni to’g’nog’ich bilan mahkamlangan. Xlamidalar ham shaklan to’g’ri to’rtburchak matodan qilingan bo’lib, ular gimatiyga nisbatan biroz kalta bo’lgan.
Odatda jun matodan tayorlangan xlamidalar o’zining vertikal holatdagi ko’p burmalari bilan ajralib turadi. Harbiylar metalldan peshband, uning ustida kalta xitonning ustidan “kirasa” deb nom olgan sovut kiyishgan. Ularning ustki kiyimi binafsha rangdagi xlamidalar bo’lib, boshlariga dubulg’a kiyishgan. Ularning boldirlari “knemisi” bilan himoyalangan. Hunarmandlar va kosiblar asosan dag’al jun tolasidan qilingan yengsiz, ba’zan kalta yengli xitonlar kiyishgan bo’lsa, qullar kiyimi o’ng tomoni ochiq “ekzomid” yoki belga bog’langan peshbanddangina iborat bo’lgan.
Yunonlar poyabzalining shakli oyoq kaftini takrorlab, asosan probka daraxti yoki arqondan tayyorlangan taglikdan iborat bo’lib, u arqon yoki charm tasmalar yordamida oyoq to’piqlari yoki boldirga mahkamlanib, kiyib yurilgan. Qadim dunyoning boshqa davlatlari singri Yunonistonda ham poyabzalni faqat yuqori tabaqa vakillarigina kiygan. Sandallarning bezaklari asosan turli rangda ishlovlangan teri, undagi chizgilar, turli metal, to’qalar va duru marvarid bezaklar bilan bezaklangan.
Bosh kiyimlar asosan yog‘in-sochinli ob-havo sharoitida yoxud sayohatlar paytidagina kiyilgan. Fetrdan tayyorlangan keng soyabonli, tepa qismi past shlyapalar kam bo‘lsa-da mavjud bosh kiyimlaridir. Uni, shuningdek, yelkaga tashlab qo‘yiladigan tasma bog‘lag‘ichlar bilan kiyishgan.
Ushbu davrda erkaklar kalta soeh, yarimyoy shaklidagi soqol, mo‘ylov qo‘yishgan. Yigitlar soqol, mo‘ylovini qirtishlab olishgan, uzun sochlarini esa uzuksimon moslama bilan birlashtirib yurishgan. Yunonlar soqolni erkakning rutbasi deb hisoblashgan. Haykaltaroshlar buyuk shaxslarni navqiron qiyofada tasvirlab, yoshini soqoli ila ifodalashgan. Aynan soqol tasvir etilayotgan shaxsning yoshini anglatgan.
Ayollar libosi. Yunonistonda ayollaming o‘rni va haq-huquqlari erkaklarnikidan past bo‘lsa-da, biroq jamiyatdagi go‘zallik va nafosat tarbiyasida, xususan, avlodlar tarbiyasida ularning alohida o‘rni bo‘lgan. Bu ularning liboslari bichimiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Ayollar libosi ham xiton va gimatiydan iborat bo‘lib, ular o ‘zining bezagi va turli tumanligi ila erkaklarnikidan ajralib turgan.
Ayollar xitoni o‘z tuzilishiga ko‘ra erkaklarnikidan farqlangan. Bu asosan ulardagi burmalaming ko‘pligi, shuningdek, bezakdorligida ko‘zga tashlanadi. Ayollar xitonining o‘ziga xosligi yuqori qismidagi qaytarmalaridir. Diploidalar deb nom olgan bu qaytarmalar libosda bezak o‘rnini bosib, u boshqa rangdagi matodan qilingan, turli tuman kashtalar, applikatsiyalar, bezakli detallar bilan bezaklangan. Qaytarmaning uzunligi turlicha bo‘lgan. Xususan, ular ko’krakkacha, bo‘ksagacha, tizzagacha bo‘lishi mumkin edi. Xuddi erkaklar xitonlari singari ayollarniki ham yelkaga fibulato‘g‘nog‘ichlar ila mahkamlanib, belda kolpos deb nom olgan belbog‘ bilan mahkamlanib, ayol tanasi go‘zalligini bo‘rttirib turgan. Kolposlar odatda belga bog‘lansa-da, uni ko‘krak pastidan yoki bo‘ksadan bog‘lash keng tarqalgan. Kolposlar enlik belbog‘lar bo’lib, ularni odatda tugun qilib bog‘langach, qolgan qismi uzun qilib tashlab qo‘yilgan.
Vaqt o’tgan sari xitonlar yanada mayinroq matolardan qilina boshlangach, ularga kolpos deb nomlangan bog’ichlar bilan shakily ko’rinish berilgan. Kolposlar nafaqat belda, shuningdek bo’ksadan yoki ko’krak qismida xochsimon (krestsimon) shaklda bog’lanib, ular yeng shaklini bera boshlgan.
Ayollar ostki kiyimi – gimatiylar ham turli usulda burmalangan. Ayollar gimatiylari shaklan erkaklarnikidan kichikroq bo’lsa-da, o’zining bezakdorligi bilan ularnikidan ajralib turardi.
Ayollar sandalining shakily ko’rinishi turlicha bo’lib, u o’zining bezakdorligi, yorqin ranglardagi teridan qilinib, oltin va kumush ila ziynatlangani bilan farqlanadi.
Ayollar bosh kiyimini juda kam kiyishgan. Yog’in-sochinli sharoitlarda asosan, gimatiy va xitonlarning yuqori tomoni ila o’zlarini muhofazalashgan.
Ayollar soch turmagi turlicha bo’lib, bu davrda uzun va kalta soch birdek ko’p uchragan. Bu davrda uzun, oltinrang, jingalak sochlar alohida qadrlangan. Shu bilan birga ularni turmaklashga alohida ahamiyat qaratilgan. Yunon tuguni deb nom olgan turmaklash usuli hozirgi kungacha uchraydi. Bu davrda keng urf bo’lgan peshona bo’ylab taralgan sochlarni, boshning orqa qismidan yuqoriga ko’tarib turmaklash usuli “korimbos” hozirgi kungacha uchraydi.
Kalta sochlar chambarak yoki tasmalar bilan bezaklangan. Sochni bezashda shuningdek, oltin tasmalar, tillaqosh-diademalar, soch to’g’nog’ichlardan keng foydalanilgan.
Libosga qo‘shimcha qilib, soyabon va yoysimon yelpig‘ichlardan ham foydalanilgan.
Qadim Yunonistonda zargarlik san’ati ham keng taraqqiy etgan. Zargarlik buyumlari orasida ziraklar, bo’yinga taqiladigan zebziynatlar, intalyalar, kameyyalar, to‘g‘nog‘ich, to‘qalar, bilakuzuklar, uzuklar, tillaqoshlaraing bir qator turlari uchraydi. Ular asosan oltin va kumush singari qimmatbaho metallardan ishlangan. Ushbu buyumlar metallga ishlov berilib, turli naqshlar ila bezak berilib tayyorlangan.
Past tabaqa ayollarining libosi shaklan zodagonlarnikini takrorlasa-da, biroq ular arzon matolardan qilinishi, shaklan kichik hajmdaligi, shuningdek qimmat bo‘lmagan bezaklar ila bezaklanganligi bilan farqlangan.
Yunon ayollari pardozga alohida e’tibor berishgan. Ular bronza oynalardan foydalanishgan. Yuz, lab, kiprik va qoshlariga alohida ranglar bilan pardoz berishgan. Xushbo‘y hidli atirlardan foydalanishgan. Atirlar saqlanadigan flakonlar, ya’ni lekiflaming o‘zi ham haqiqiy san’at namunasi darajasida bo‘lgan. Yunon libosidagi asosiy elementlar — plastik shakl, burma va taxlamalarning mutanosibliklari galdagi madaniyatlar rivojida alohida ahamiyat kasb etdi va kishilik madaniyatining tarkibiy qismi sifatida Yevropa madaniyatining rivojida alohida o ‘rin tutdi.