ETOLOGIYA
ETOLOGIYA (Yunoncha — urf-odat, xulq-atvor, hattiharakat va … logiya) — biol. ning bir bo’limi. Hayvonlar hatti-harakatini tabiiy yashash sharoitida o’rganadi. «Etologiya» terminini belgiyalik olim L. Dollo taklif etgan (1904); lekin Etologiya mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-yillarida shakllana boshladi. Etologiyada: hatti-harakatning irsiylanadigan shakli — ishotsiz reflekslar, ya’ni instinktligini, hayvonlarni o’rganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xatti-harakatini o’rganish kabi yo’nalishlar mavjud. Tuban tuzilgan hayvonlarda tug’ma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaktsiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti ta’sirida hayot davomida hosil bo’ladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. Etologiya dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xo’jaligi, tibbiyot, kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. Etologiya sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal etishda muhim ahamiyatga ega.