OXUNOVA MELIXON OXUNOVNA
OXUNOVA MELIXON OXUNOVNA (1928.28.12, Uchqo’rgon shahri — 1987.12.10, Toshkent) — tarixchi olima, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1979), tarix fanlari Doktori (1972). O’zduning tarix fakultetini tugatgan (1949), shu yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining aspiranti, ilmiy xodim (1953 — 61), direktor o’rinbosari (1961-65), direktor (1965-86), bo’lim boshlig’i (1986 — 87). Ilmiy ishlari O’zbekiston ishchilar sinfi tarixi muammolari va O’zbekistonning sosializm davridagi tarixiga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). OE Kenzaburo (1935.31.1, Exime Prefekturasi, Yaponiya) — yapon yozuvchisi. Tokio universitetining frantsuz adabiyoti bo’limini tugatgan (1959). Rable ijodini puxta o’rgangan. 50-yillardan adabiyotga kirib kelgan. «Mol boqish» hikoyasi (1958) Oxunovaga shuhrat keltirgan va Akutagava nomidagi mukofotga sazovor bo’lgan (1959). Oxunovaning «Kechikkan yoshlar» (1962) romanida yosh avlod taqdiri, yoshligi tufayli urushga kechikkan va urushdan keyin ma’naviy-axloqiy azobga duchor bo’lgan yosh fuqaroning fojiasi aks etgan. «Hayqiriq» (1963), «Shahvatparast odam» (1963) asarlarida biron-bir axloqiy majburiyat bilan bog’lanmagan kishi tasvirlangan. «Shaxsiy tajriba» (1964) romanida hozirgi yoshlarning jamiyat oldidagi burchi, ularning axloqiy izlanishlari muammosi ko’rsatilgan. Xirosima fojiasi, insoniyat taqdiridan xavotirlanish g’oyalari «Xirosima xotiralari»da (1966), «1860-yil futboli» (1967), «Suvlar meni ruhimgacha bag’riga oldi» (1-2-qism, 1973), «Xaloskorning esdaliklari» (1976) romanlarida aks ettirilgan. «Tengqurlar o’yini» (1979) ijtimoiy romani Yaponiyaning o’tmishi va kelajagi haqida. Nobel mukofoti laureati (1994).