TANA

TANA — odam va umurtqali hayvonlar gavdasining asosiy qismi; bundan bosh, qo’loyoqlar va dum (hayvonlarda) mustasno.

TANA (QORAMOLCHILIKDA) — urg’ochi yosh mollar guruhi. Ularning yoshi buzoqlar guruqidan so’ng boshlanib, 10-12 oyligidan to jinsiy voyaga yetib, qochib, bo’g’oz bo’lishiga (24— 30 oyligida) qadar davom etadi. Zotli va jadal parvarishlangan Tana rivoji yaxshi o’tadi va biologik tomondan tez etiladi. Ular zot andozasi vazniga yetganida (300-390 kilogramm) 14— 16 oyligida urug’lantirilib, bo’g’ozligi aniqlangandan so’ng (20— 22 oyligida) g’unajinlar guruhiga o’tkaziladi.

TANA, TSANA, DEMBEA — Efiopiyadagi ko’l. Efiopiya tog’ligidagi tektonik soyliqda, 1830 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 3,1—3,6 ming kilometr kvadrat (mavsum bo’yicha o’zgarib turadi), chuqurligi 70 metrgacha. Orol ko’p. Tanaga juda ko’p Daryo quyiladi, ko’ldan abbay (ko’k Nil) daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.

TANA — don daryosining so’l qirg’og’ida, Azov shahri (Rostov viloyati) atrofida mavjud bo’lgan qadimgi shahar. Venetsiyalik va genuyalik savdogarlarning savdo manzilgohi sifatida 12-asr oxiridan ma’lum. 13— 14-asrlarda Oltin O’rda hukmronligi ostida. 1475 yil turklar tomonidan egallangan va bir ozdan so’ng barham topgan.