TIES

TIES — Senegalning g’arbiy qismidagi shahar. Ties viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 216,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l ustaxonalari, po’lat quyish korxonalari bor. Fosfor o’g’itlari ishlab chiqariladi. To’qimachilik kombinati, yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xo’jalik (yer yong’oq, donli ekinlar, chorvachilik) rnining savdo markazi. Shahar yaqinida fosforit konlari bor.