TIGRE

TIGRE — som tillari oilasining efiopsom tarmog’iga mansub til; Eritreya va Sudan davlatlarida tarkalgan. Unda 1,2 milliondan ortiqroq kishi so’zlashadi. Asosiy laxjalari: Mensa, bogos, loggo va boshqalar. Fonetika va morfologiya sohasida som tillariga xos umumiy xususiyatlarni saqlab qolgan bo’lsada, bir qator tovushlarning yo’qolishi, pozitsiyasi va talaffuzining o’zgarishi, ayrim yuklamalarning paydo bo’lishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasining asosiy belgilaridan biri otlarning fleksiya orqali hosil bo’ladigan siniq ko’plikning juda ko’p qoliplari mavjudligidir. Yozuvi to’liq shakllanmagan, ba’zi zarur hollarda efiop yozuvidan foydalaniladi.