UOLKOTT DEREK
UOLKOTT DEREK, Volkott (1930, Trinidad oroli, Sent-Lyusiya shahri) — trinidadlik shoir, dramaturg. Ingliz tilida ijod qiladi. Madaniy belgi — ramzlarga boy majoziy va ayni paytda mazmuni yaqqol sezilib turadigan she’riyatida [«kema halokatiga uchragan» (1965), «dengiz tomchilari» (1976), «yoz o’rtasi» (1984) she’riy to’mlamlari] bosh qahramon — yangi odam ato (mustamlaka qulligidan 4 asr keyin) hozirgi tsivilizasiya zavol topayotgan bir davrda yana qayta o’zligini topishga urinadi («ulkan uy xarobalari» she’ri). Hozirgi zamonni yangicha epik (ulug’vor holda) his etish va shu orqali undagi buyuk va o’tib ketgan madaniyatlar qatlamlarini o’zaro farqlash U she’riyatining o’ziga xos xususiyatidir [«O’zga hayot» (1973) avtobiografik dostoni, «odamli yo’lovchi» (1982) to’plami]. Uning ko’p yillik izlanishlarini umumlashtiruvchi «yangi Omir» dostoni (1990) ni madaniy taraqqiyotning o’ziga xos lirik tahlili deyish mumkin. «Nogaralar va bayroqlar» (1958), «Maymuntog’dagi tush» (1968) va boshqa pyesalar muallifi. Tarixiy mavzulardagi she’riy asarlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1992).