TENTAKSOY
TENTAKSOY — Andijon viloyatining shimoliy Sharqiy qismidagi soy. Farg’ona tizmasidagi buloqlardan boshlanadi. Paxtaobod shahridan o’tib Moylisuvga qo’shiladi. Uzunligi 126 kilometr. Havzasi maydoni 4130 kilometr kvadrat. Ko’p yillik suv sarfi 35,8 m3/sekund. Tentaksoyga Chortoqsoy va boshqalar tashlama suvlar kelib qo’shiladi. Suvi Paxtaobod tumani ekin maydonlarini sug’orishga sarflanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Tenzometr
- Tenzor
- Tenzorlar hisobi
- Teodolit
- Teodorix Buyuk, Teoderix
- Teokratiya
- TEOLOGIYA
- Teorell (Theorell), Aksel Xugo Teodor


