TOMBUKTU
TOMBUKTU, Timbuktu Malidagi shahar, Niger daryosining chap sohilida. Transport yo’llari tuguni. Tuz, tamaki va xurmo savdosi markazi. Hunarmandchilik korxonalari mavjud. Issiqlik elektr styasi qurilgan. O’lkashunoslik muzeyi, Arab yozma manbalarini o’rganuvchi institut bor. Shaharga karvon yo’lidagi manzil sifatida 11-asrda asos solingan. 13— 16-asrlarda Mali o’rta asr davlatining iqtisodiy va madaniy markazlaridan bo’lgan. 13— 15-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari (masjid, maqbaralar) saqlangan.