EMAN, DUB, BOLUT
EMAN, DUB, BOLUT (Oiegsik bub) — Qoraqayindoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt, ba’zan butalar turkumi. Shimoliy yarim sharning mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarida 450 (shimol va Markaziy Amerikada 200) dan ortiq turi bor. Rossiya, Kavkaz va G’arb. Yevropada tarqalgan bargi bandli oddiy yoki yozgi Eman (0. goig), qoyali yoki qishki Emanni, Gruziya Emani, mongol Emani va boshqalar emanzor o’rmonlar hosil qiladi. O’zbekistonda Emanning qizil E. turi ekiladi. Ildizi o’qildiz (5 metr chuqurlikka kirib boradi). Daraxtining balandligi 20-25 metr, shox-shabbasi keng. Barglari teskari tuxumsimon, o’yma, novdalari qizgishqo’ng’ir rangda, tuksiz. To’pguli kuchala yoki boshcha. Aprel oyida gullab (15-60 yoshidan gullay boshlaydi), sentyabrda urug’i pishadi. Mevasi yongoqcha (cho’chqayong’oq). Eman yorug’sevar, qurg’oqchilikka chidamli daraxt. 400— 1000 yilgacha yashaydi. Yog’ochi aviatsiya va kemasozlikda, qurilishda, mebel sanoatida, bochkasozlikda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Po’stlog’idan teri oshlash da foydalaniladi. Shahar ko’chalari va xiyobonlarda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Eman ixrta o’rmonlari tashkil qilishda 1-o’rinni egallaydi, atrof muhitga sog’lomlashtiruvchi ta’siri bo’yicha boshqa o’simliklardan ustun turadi. Eman to’nkasidan o’sib chiqadi va yong’oqchasidan (kuzda ekib) ko’paytiriladi. Ko’chatlari birikki yildan keyin (bahorda) ko’chirib o’tqaziladi. Abdushukur Xonazarov.