TO’QTAG’UL SUV OMBORI

TO’QTAG’UL SUV OMBORI — Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Farg’ona tog’ tizmalari orasidagi darada (Qirg’iziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978 yil ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 kilometr kub, foydali hajmi 14,0 KM1. Suv ombori sug’oriladigan yerlar ko’lamini 400 ming gektarga ko’paytirish va 900 ming gektar ekinzorning suv ta’minotini yaxshilashga, Norin daryosining ko’p yillik oqimini boshkarish, suv xo’jaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt bo’lgan To’xtag’ul GES ning ishlashini ta’minlaydi. Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton to’g’on, GES, zovurlar hamda filtrasiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, to’g’onni mustahkamlovchi va boshqa er osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan to’g’on qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qo’llangan.