ESKIYER SUV OMBORI

ESKIYER SUV OMBORI — Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumanida qurilgan suv ombori. 1978 yilda ishga tushirilgan. To’liq hajmi 18,5 million metr. G’irvonsoy va Namangansoy suvlarini quzqish mavsumida to’playdi. To’g’onining balandligi 23 metr. Maksimal suv chiqarish imkoniyati 10 metr kub/sekund. Chortoq, Yangiqo’rg’on, Namangan tumanlaridagi yerlarni sug’orishda foydalaniladi.