ESKI TUYATORTAR KANALI

ESKI TUYATORTAR KANALI, Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Mirzacho’lni sugorish uchun qazilgan dastlabki kanallardan biri. Zarafshon daryosining suvini Sangzor daryosiga quyadi. Zarafshondagi «birinchi may» to’g’onidan boshlanadi. Eski Tuyatortar kanali milod boshlarida qazilgan, 6-8-asrlarda o’zaro urushlar natijasida va arablar istilosi davrida vayron bo’lgan. 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon 7/davrida qayta tiklangan va keyinchalik Sirdaryo (karay va Mirzarabot) gacha yetkazilgan. 1912 yilda Samarqand general-gubernatori tomonidan qisman qayta tiklangan. Sho’rolar davrida kanal qayta qaziddi. Uzunligi 108,2 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 50 metr kub/sekund. Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 34 ming gektardan ortiq ekin maydonlari sugoriladi. 1987 yilda kanal trassasida Qorovultepa suv ombori qurilgan.