ESKADRON

ESKADRON (Fransuzcha) — 1) 20-asr o’rtalariga qadar muntazam kavaleriyadagi taktik bo’linma; 2-4 vzvoddan iborat bo’lgan; kazaklar otliq qo’shinida sotnya deb atalgan. Turli davlatlar armiyalarida Eskadron 120-200 kishidan tashkil topgan. 4-6 ta Eskadrondan kavaleriya polki tuzilgan; 2) ayrim xorijiy davlatlar (masalan, Buyuk Britaniya) qurolli Kuchlarida tank polkidagi taktik bo’linma (101 kishi); boshqaruv guruhi, 4 tank va xizmat ko’rsatish vzvodlaridan iborat. Tank polkida, shuningdek, shtab Eskadroni (100 kishi) va xizmat ko’rsatish Eskadroni (111 kishi) ham mavjud.