ERJIYOS

ERJIYOS (qadimgi nomi Argeus) — Anadolu yassitog’ligining Janubi Sharqiy qismidagi vulkan, Turkiyada. Andezit, dasit, liparitlardan tuzilgan. Balandligi 3916 metr, kichik Osiyodagi eng baland cho’qqi. Yon bag’irlarida mayda konus va krater ko’p. Yunon geografi va tarixchisi Strabon qoldirgan ma’lumotga ko’ra, so’nggi marta 1-asrda otilgan. Yon bag’ri dasht, yuqorisi butazor, archazor, Alp o’tloqlaridan iborat. Cho’qqisida muzliklar bor.