ENTOMOFAGLAR
ENTOMOFAGLAR (Yunoncha — hasharot, — yeb qo’yuvchi) — hasharotlar bilan oziqlanuvchi parazit va yirtqich mikro yoki makroorganizmlar. Entomofaglarning eng muhim guruhlari: hasharotlar; mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar); eng sodda hayvonlarga mansub bir hujayrali organizmlar (1200 ga yaqin tur). Bulardan tashqari Entomofaglarga zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadigan suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar kiradi. Entomofaglarning juda kam turlari zararkunanda hasharotlar epizootiyasini qo’zg’atishi, nasl berishni kamaytirishi yoki ularning kasallik qo’zg’atuvchilarga, insektisidlar ta’siriga nisbatan sezgirligini oshirishi mumkin. Shunday Entomofaglarga sporoviklar va knidosporidiylar, shuningdek, kamdankam xivchinlilar hamda gaplosporidiylar sinfining vakillari kiradi. Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi (ninachilar, beshiktervatlar, bahorgi kapalaklar, to’g’riqanotlilar, quloqqazgichlar, qandalalar, tripslar) va to’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan (qo’ng’izlar, to’rqanotlilar, tuyabo’yinlar, buloqchilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar) hasharotlar yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Entomofagkanalarning ko’pchiligi fitoseyidlar oilasining vakillaridir, ba’zilarigina bdellid, stigimeid, xeyletid, gemisarkoptid va boshqalar oilaga mansub. Hasharotlar paraziti 5 turkum: qo’ngizlar, tengqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar vakillari orasida uchraydi. O’simliklarni biologik himoya usulida pardaqanotlilar va ikki qanotlilar turkumiga mansub turlar katta ahamiyatga ega. Xo’jayinga ixtisoslashiga ko’ra, Entomofaglar 3 biologik guruhga: monofaglar (bir yoki ikki tur xo’jayinni zararlaydi), oligofaglar (bir oiladagi bir necha uruqqa mansub turlar hisobiga yashaydi) va polifaglarga (har xil turkumga mansub ko’pgina turlarni zararlaydi) bo’linadi. Organizmlararo munosabatning yana bir shakli — antibioz yoki organizmlararo antagonistik o’zaro munosabat (mikroorganizmlar yoki yuksak o’simliklarning boshqa organizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi yoki uni nobud qiladigan moddalar ajratishi) farqlanadi. Dehqonchilik biosenozida Entomofaglardan xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, taxin pashshalar, sirfidlar, sassiqqo’ng’izlar va boshqalar katta ahamiyatga ega. O’simliklarni biologik himoya usulida Entomofaglardan trixogramma va gabrobrakondan foydalaniladi.