EPISPADIYA
EPISPADIYA (epi… va Yunoncha yoriq) — siydik chiqarish kanali (uretra) ning tug’ma nuqsoni. Ko’proq erkaklar, ba’zan ayollarda uchraydi. Epispadiyaning bir necha ko’rinishi bor. Bunda siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi olat boshchasida, olat sirtining turli joyida yoki qov ostida (buni Total Epispadiya, to’liq Epispadiya deyiladi) bo’ladi. Olat boshchasi Epispadiyasida olatboshchasi yoriq, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi tarnovga o’xshash ochilib, shilliq qavati ko’rinib yotadi. Bu Epispadiyada bemor sachratib siyadi. To’liq Epispadiyada siydik chiqarish kanali bor bo’yicha yorilgan, olat yaxshi rivojlanmagan va qoringa tortilib turadi; qovuqning ikkala sfinktern bo’lmasligi tufayli (ba’zan qovuq old devori ham bo’lmaydi) bemor siydik tuta olmaydi. Olat sirti Epispadiyasida bemor siyganda jinsiy a’zo atrofidagi teriga doim siydik tegishidan teri yallig’lanib, suvchirab turadi. Epispadiyada turli plastik operatsiyalar o’tkaziladi.