ERAN
ERAN — o’zbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida Doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. «Eran» atamasi «Alpomish», «Go’ro’g’li» va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik aziz-avliyolarga nisbatan umumlashma nom sifatida qo’llanadi. Odatda, Xizr barcha eranlarning yo’lboshchisi deb qaraladi. Turli diniy manba va manoqiblarda ham «Eran” atamasi aziz-avliyo ma’nosida ishlatiladi. Eran o’zbeklardan tashqari qozoq, turkman, qoraqalpoq, Ozarbayjon va Sibirdagi bir qator turkiy xalqlar folklorida ham faol obrazlardan hisoblanadi.