EPIDIASKOP
EPIDIASKOP (epi… va diaskop) — ekranda noshaffof ob’yektlar (detallar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) ning tasvirini hosil qilish, ob’нektlarning shaffof tasvirlari (diapozitivlar)ni ekranga proektsiyalash (tushirish) uchun mo’ljallangan proektsion apparat. Optik sxemasining asosini diaskopik proektsiyalash va episkopik proektsiyalash usullari tashkil qiladi. Diaskopik proektsiyalashda ob’yektning shaffof tasviri yo’naltirilgan o’tuvchi yorug’lik oqimi dastasi bilan yoritiladi. Episkopik proyektsiyalashda yorug’likdan himoyalangan quti (kojux) da manba 2 dan keladigan nurlar sferik ko’zgular 3 va 5 yordamida shaffofmas ob’yektni yoritadi, diffuzion tarzda tarqalgan nurlarning bir qismi ko’zgudan qaytib, proyektsiyalash ob’yektivi 7 ga tushadi. Ob’yektiv tasvirni ekranga proektsiyalaydi. Episkopik proektsiyalashda diaskopik proektsiyalashdagiga nisbatan quvvatliroq yorug’lik manbaidan foydalaniladi. Epidiaskop fotografiya, kinematografiya va ilmiy tekshirish ishlarida qo’llanadi.