ERGASHEV ERKIN HAMIDOVICH

ERGASHEV ERKIN HAMIDOVICH (1933.1.11 — Samarqand — 2004.8.1) — parazitologgelmintolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari Doktori (1964), professor (1965). O’zbekiston qishloq xo’jaligi instituti veterinariya fakultetini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xo’jaligi instiotutida aspirant (1953- 56), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957-64), veterinariya fakulteti dekani (1960 -62), O’zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish instituti direktori (1964— 65; 1978-94), ayni paytda 1965 yildan Samarqand qishloq xo’jaligi instituti parazitologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, zooastroponozlar, chorva mollari va parrandalarning invazion kasalliklarining oldini olish, davolash va qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va boshqalar masalalarga bag’ishlangan. «Biologiya va tibbiyot muammolari» jurnal bosh muharriri (1996-2004). «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (2003). As: parazitologiya asoslari va trematodozlar bilan tsestozlar, T., 1971 (hammualliflikda); chorva mollarining nematodoz kasalliklari, T., 1972 (hammualliflikda); Gelmintm i gelmintozn karakulskix oves, T., 1973; Veterinariya asoslari, 2-qism, T., 1974 (hammualliflikda).