ERMON
ERMON, achchiq shuvoq — murakkabguldoshlar oilasi, shuvoqlar turkumiga mansub ko’p yillik o’t turi. Kavkaz, Sibir va O’rta Osiyoda tarqalgan. Ildizi o’qildiz. Poyasi tik, kumushrang, mayda tuklar bilan qoplangan, yer ostidagi kurtaklaridan may—martda ko’karib chiqadi, kuzgi nihollari qishlaydi. Bo’yi 60-120 santimetr, shoxlangan, barglari patsimon qirqilgan, yoshi katta o’simliklarda ketma-ket joylashgan. Gullari sariq, naysimon, to’pguli chochoq. Iyun-sentabrda gullab, oktyabrda mevalaydi. Urug’i teskari tuxumsimon urug’cha. Cho’l, adir va tog’yon bag’irlarida, yo’l yoqalarida o’sadi. Poyasi va barglarida efir moyi, S va K vitaminlari, karotin, achchiq glikozidlar, oshlovchi va boshqalar moddalar bor. Preparatlari ovqat hazm qiluvchi, ishtaha ochuvchi, o’t haydovchi dori sifatida ishlatiladi.