TO’QIMACHILAR
TO’QIMACHILAR (Ploceidae) sayroqi chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 4 kenja oilasi, 40 ga yaqin urug’i, 200 ga yaqin turi ma’lum. Tanasining uzunligi 7-19 santimetr, vazni 15-100 gramm. Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. Ko’pchilik turlari Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik hududlarida, daraxt kam bo’lgan ochiq maydonlarda yashaydi. Yerda sakrab harakat qiladi. Shimol va mo’tadil mintaqadagi To’qimachilar odmiroq, tropik hamda subtropiklarda yashovchi turlari patlari rangli, ba’zilari boshida kokili, bo’ynida patlardan iborat «yoqasi» bo’ladi. Juftjuft yoki koloniya bo’lib, daraxt va butalarga uya quradi. Uyasi turli shaklda (sharsimon, butilkasimon va boshqalar), o’simlik tolalari, barglari va hokazolardan to’qiydi. Yilda 12 marta 36 To’qimachi va u bog’lagan tugunlar ta tuxum qo’yadi. 11— 12 kun tuxum bosadi. Uyada bolalarini 12— 20 kun boqadi. To’qimachilar, asosan, o’simlik urug’lari va mevalari, shuningdek, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Ayrim joylarda bog’lar, g’alla ekinlariga birmuncha ziyon keltiradi. O’zbekistonda To’qimachilarning 3 urug’i (chumchuqlar, qor vyuroklari, tosh chumchuklar)ga mansub 8 turi tarqalgan.