TEKS

TEKS (lotincha texo — to’qiyman, o’rayman), tolaning chiziqli zichligi — tola yoki ipning chiziqli zichligini ifodalaydigan kattalik, tola massasining tola uzunligiga nisbati. Tolaning sifat ko’rsatkichi. Xalqaro birliklar sistemasi bo’yicha Teks (g/km)larda o’lchanadi. 1T=1g/ km=1 mg/m. Teks soni 1 kilometr tola uzunligiga necha gramm massa to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Tolaning chiziqli zichligi 1 Teksdan kichikroq bo’lsa, kilometrga milligram (mg/km)da yoki milli Tekslarda (mteks) belgilanadi. Kalava iplar va iplarning chiziqli zichligi 1000 Teksdan katta bo’lsa, kilogramm (kg/km)da yoki kiloteks (kteks) da belgilanadi; 1 teksq1000 mteksq0,001 kteks.