TEKSTIL
TEKSTIL (lotincha textile — gazlama, teks) — tolalar va iplardan tayyorlanadigan mahsulotlar: gazlamalar, trikotaj, noto’qima materiallar, gilam, kigiznamat mahsulotlari, momiq paxta, to’qimachilikattorlik buyumlari, g’altak iplar, arqonlar va boshqalar. Ba’zilari to’quvchilik va trikotaj mashinalarida to’qish, ba’zilari bosish, ba’zilari yigirish va pishitish yo’li bilan tayyorlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- TEKSTURA
- TEKSTOLIT
- Tekstolit
- Tekstura (tarkibiy tuzilish ma’nosida)
- TEKTITLAR
- TEKTOGENEZ
- TEKTONIK BUKILMALAR
- TEKTONIK DEFORMASIYALAR




