G’O’ZA UZUNTUMSHUQ QO’NG’IZI
G’O’ZA UZUNTUMSHUQ QO’NG’IZI, Meksika g’o’za uzunburuni (Apgpopotsh §gapsn$ vop.) — qattiq-qanotli (qo’ng’iz) lar turkumiga man-sub hasharot. AQSh va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 5,0— 5,5 millimetr, yosh qo’ng’izlar sarg’ish-qo’ng’irdan to’q jigarranggacha, yoshi kattalari esa asosan, qora tusda. Xartumchasi ingichka, yaltiroq, uzun (uzunligi tanasining yarmigacha), tuxumi, lichinkasi, g’umbagi oq. G’o’zaning xavfli zararkunandasi. O’zbekistonda karantin ob’yekti hisoblanadi. Kurash choralari: karantin.
O‘xshash so‘zlar
- G’O’ZA
- G’O’SSOY
- G’O’ZA BITI
- G’O’ZA KUYASI
- G’O’ZA TUNLAMI
- G’O’ZA ILDIZ BITI
- G’O’ZA POYA KUYASI
- G’O’ZA SELEKTSIYASI VA URUG’CHILIGI INSTITUTI





