G’UNT

G’UNT — Tojlkiston Respublikasidagi daryo. Panj daryosining o’ng ir-mog’i. Uzunligi 296 kilometr, havzasining maydoni 13,7 ming kilometr kvadrat. Sharqiy Pomirdagi Janubiy Alichur tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Muzduayreksoy irmog’i quyilgungacha G’urumdi, boshgumbaz daryosi quyilgungacha — Irikyoq, so’ngra Yashilko’lgacha Alichur deb ataladi. Ko’ldan oqib chiqqandan so’ng G’unt deb nom oladi va Rushon hamda shug’-non tizmalari orasidagi tor vodiydan oqadi. O’rtacha yillik suv sarfi quyilish joyida (Xorug’sh.) 106 m3/sek. G’unt bo’yida Xorug’ GES qurilgan.