TSIAN

TSIAN, disian NC—CN — o’tkir xidli rangsiz gaz. Molekulyar modda. 52,04. Suyuqlanish temperaturasi -34,4°: qaynash temperaturasi -20,7°. Spirt, efir, sirka kislotada eriydi. Tsian shovul (oksalat) kislotaning dinitrili bo’lib, R2O5 ga NH4 ta’sir ettirib olinadi. Hg(CN)2 qizdirilganda ham Tsian hosil bo’ladi. Tsian uzoq qizdirilsa (400° da), polimer modifikatsiyaga aylanib, parasian, Tsianga sulfat kislota ta’sir ettirilsa, tsianat kislota hosil bo’ladi.