YODIDLAR
YODIDLAR — yodning metall yoki metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari, yodning ba’zi hosilalari. Yodidlarning aksarisi suv, spirt va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Yodidlar elementlar, ularning oksidlari yoki karbonatlariga vodorod yodid (yodid kislota) ta’sir ettirib olinadi. Qizdirilganda dissosiasiyaga oson uchraydi, natijada erkin holda yod ajralib chiqadi. Yodidlar o’ta sof moddalar (masalan, titan, tsirkoniy va boshqalar) olishda qo’llaniladi.