YO’L O’TKAZGICHLAR

YO’L O’TKAZGICHLAR — ikki yoki undan ortiq transport magistrallari kesishadigan joyga quriladigan ko’prik, transport vositalarining mustaqil harakatlanishi uchun mo’ljallanadi. Yo’l o’tkazgichlar avtomobil yo’li temir yo’l bilan kesishadigan joyga, shuningdek, transport vositalari va yo’lovchilar serqatnov bo’ladigan shahar yo’llariga quriladi. Yo’l o’tkazgichlarning shakliga ko’ra, planda to’g’ri chiziqli, egri chizikli; bir va ko’p yarusli; balkali, ramali yoki arka tizimli; metall, temirbeton va po’lat-temir-betondan prolyotli (oraliqli) qilib quriladigan xillari bor. Ular ko’pincha 1-4 prolyotli (10— 40 metr va undan ortiq oraliqda) qilib quriladi.