YOSHKAR-OLA
YOSHKAR-OLA (1919 yilgacha Tsaryo vokokshaysk, 1919—27 yillarda Krasnokokshaysk) —Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Mariy el Respublikasi poytaxti. Volga daryosidan 50 kilometr shimolda. Qozon— Moskva liniyasidagi temir yo’l stantsiyasi. Shosse yo’llar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 276,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yetakchi sanoat tarmog’i — mashinasozlik va metallsozlik. «Elektroavtomatika», yarimo’tkazgich asboblar, «kontakt», savdo mashinasozligi, o’rmon xo’jaligi mashinasozligi, asbobsozlik, sovitkich jihozlari zavodlari bor. Vitamin, sut, konserva, sun’iy charm zavodlari, go’sht-sut kombinatlari, konditer, trikotaj, tikuvchilik, poaybzal fabrikalari bor. Mebel va qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy o’quv yurti, jumladan, universitet, 9 ta o’rta maxsus o’quv yurti, 3 muzey (shu jumladan, o’lkashunoslik muzeyi), Mari musiqali drama teatri, rus drama teatri, qo’g’irchoq teatri, telemarkaz mavjud. Yoshkar-olaga 1584 yil asos solingan.