YO’LDOSHBOYEV TOYMAS SOTTIYEVICH
YO’LDOSHBOYEV TOYMAS SOTTIYEVICH (1931.30.7, Toshkent) – fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1994), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). Moskva universitetini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizikatexnika ilmiy texnika instituti (1959-62, 1971 — 80), ToshDU (1956— 59), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida ilmiy xodimі (1962- 71), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti prorektori (1980 — 83), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti direktori (1983-95), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi «Fizika-Quyosh» IICHB laboratoriya mudiri (1995 yildan). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar yadro fizikasi, astrofizika va kosmik nurlar fizikasiga oid. Yo’ldoshboyev noyob qurilma ishlab chiqib, pionlar va nuklonlarning yadro bilan o’zaro ta’sirlarining xarakterida muhim farqlanishni aniqladi. Uning «Pomir» xalqaro hamkorlik doirasida o’tkazgan keng miqyosdagi eksperimentlari ikkilamchi zarralarda azimutal korrelyasiyalarning keskin o’sish effektining kashf etilishiga olib keldi.