YEVRIPID
YEVRIPID, Yevripid (Euripides), (taxminan miloddan avvalgi 480, Afina — miloddan avvalgi 406, Makedoniya) — yunon shoiri, dramaturg. Ijodini she’riyatdan boshlagan. Afinalik uch bukj fojianavis (Esxil, Sofokl)ning so’nggisi. Jami 92 pyesa yozgan, shundan 17 fojia va bir hajviy dramasi bizgacha etib kelgan («Kiklop»). Ular mifologik syujet asosida yaratilgan bo’lsada, inson shaxsi asosiy o’rinda turadi. Yevripid ijodi Afina davlat-shahar sifatida tanazzulga uchragan va axloqiy me’yorlar inqirozi yuz bergan yillarda shakllangan bo’lib, mifologiya, axloqiy va an’anaviy tartiblarga tanqidiy munosabati bilan ajralib turadi. U dramatik voqealar tasvirida ko’pincha falsafiy munozara yoki sud muzokaralari Ohangiga xos mulohaza yuritganki, bunda o’ta ratsionalizm ruhiy holatlarning chuqur tasviri bilan qo’shilib ketadi («Vakxanka», «Gerakl»). Yevripid dramaturgiyasining ob’yektiv mazmuni Afina demokratiyasi dunyokarashi an’analariga keskin ziddir. Afinada o’sha davrda yuz bergan ijtimoiy o’zgarishlar Yevripidning inson shaxsiyati, uning ichki dunyosiga qiziqishi kuchayishiga olib keldi. Yevripid asarlarida maishiy unsurlar tasviriga zo’r berish, kishilarning shaxsiy taqdiriga qiziqish kabi antik fojiaga xos bo’lmagan xususiyatlar mavjud («Medeya», «Ippolit»). Yevripid ijodi Yevropa dramaturgiyasiga samarali ta’sir ko’rsatgan.