YETIMTOG’ QABRISTONLARI

YETIMTOG’ QABRISTONLARI — Jizzax viloyati hududidagi tog’ nomi bilan atalgan qadimgi qabristonlar (miloddan avvalgi 1-ming yillik). Yetimtog’ yaqinida jami 3 ta qabriston bor: Yetimtog’ I, II, III. Har bir qabriston 5-10 ta qabrqo’rg’ondan iborat. Yetimtog’ I 1970 yil Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan o’rganilgan. Undagi 6 qabrqo’rg’ondan bittasi qazilgan. Uning ichidan yonma-yon ikkita qabr qoldig’i topildi. Qabrqo’rg’onning shimoliy- g’arbiy devori orasidan miloddan avvalgi 7-asrga oid uch qirrali jez paykon (o’q uchi), devorning shimoliy qismidan esa qo’lda yasalgan sopol idish bo’laklari va jez zebziynat buyumlari topildi. Yetimtog’ II, III qabristonlarida qazish ishlari olib borilmagan.