YESHCHANOV TURSUNBOY BOYJANOVICH
YESHCHANOV TURSUNBOY BOYJANOVICH (1940.5.5, Kegayli tumani) — terapevt, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi (1994). Tibbiyot fanlari Doktori (1984). SamTIni tugatgan (1965). O’zbekiston dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog’iston filiali (1972— 85), Qoraqalpog’iston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori (1987-90; 1998 yildan), Qoraqalpog’iston sog’liqni saqlash vaziri (1990— 97), 1997 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse Prezidenti, akademiyaning Qoraqalpog’iston bo’limi Prezidiumi raisi, Qoraqalpog’iston davlat universiteti farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Yeshchanovning ilmiy asarlari allergik kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va davosiga bag’ishlangan.