EVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI
EVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (EIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957 yilda Rim shartnomasiga ko’ra tuzilgan, ba’zida «umumiy bozor» deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Frantsiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot a’zosi bo’lgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yildan), Gretsiya (1981 yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986 yildan) qo’shilgan. EIH qit’ada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko’tarish yo’li bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993 yil Evropa Ittifoqiga tarkibiy qism bo’lib kirdi.